Янгиликлар
Bugun targ'ibot tadbirida...
Joriy yilning 29-mart kuni Chiroqchi tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning Yangiqishloq mahallasida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Xususan targ'ibot tadbirida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–20-son, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida" VM–709-son qarori hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" O'RQ-419-son va "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida" O'RQ-561-son Qonunlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


