Янгиликлар
Fuqarolarning huquq va erkinliklar qonun himoyasida
114 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatisiz yashab kelgan Hayit momoning tug‘ilganlik fakti belgilandi. Unga tez orada pasport beriladi.
Mirishkor tuman Yuksalish mahallasida yashovchi Hayit Bayramova 114 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan. Hayit momoning farzandi Mirishkor tuman adliya bo‘limiga 1908-yilda tug‘ilgan onasining tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat etgan. Adliya bo'lim tomonidan to‘plangan hujjatlarni Fuqarolik ishlari bo'yicha Kasbi tumanlararo sudiga kiritdi.
Bugun, 28-mart kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudi raisi Sh.To‘xtayev raisligida Hayit Bayramova yashayotgan xonadonda sayyor sud bo‘lib o‘tdi.
Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sardar Karabayev, mahalla raisi va boshqar tashkilot mas'ullari ishtirok etgan sud ishida Hayit Bayramovaning tug‘ilganlik fakti belgilandi. Unga tez orada fuqarolik pasporti beriladi.



