Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Hayoti xavf ostida qolgan bolani vasiylik va homiylik organi ota onadan olishga haqli


 Bolaning hayoti va sog'lig'i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o'z qaramog'iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir (https://lex.uz/ru/docs/-104720). Bolani zudlik bilan olish fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

 Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi bolani olish to'g'risida hujjat qabul qilganidan keyin 7 kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to'g'risida sudga da'vo bilan murojaat etishi shart.