Yangiliklar
Respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko'ra:
#Bilasizmi
Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma'lumotlar majburiy tartibda e'lon qilib boriladi
Batafsil infografikada
Unga ko'ra, jumladan, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bog'chalar atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Asarlarni nashr etishda mualliflik haqi kitob narxining 10 foizidan kam bo'lmasligi lozim.
Fan, adabiyot va san'at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari bilan bu yerda (https://www.lex.uz/ru/docs/-3312936#-4685050) tanishing.
Joriy yilning 22-aprel kuni viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N.Sattarova hamda X.Sulaymonova nomidagi RSEMning viloyat bo‘limi mudiri J.Umiddilayevlar tomonidan Qarshi shahridagi 1-sonli Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquqim kuni” tadbiri tashkil etildi.
Qamashi tuman adliya bo‘limi hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi “G’ishtli” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Xalq ta’limiga qarashli 70-umumiy ta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda “G’ishtli” MFY aholisi ishtirok etishdi.
Adliya vaziri Qashqadaryodagi Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi
Ayni vaqtda xizmat safari bilan adliya vaziri R.Davletov Qashqadaryo viloyatida.
Joriy yilning 21 aprel kuni adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, unda ijtimoiy sohada faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston nogironlar jamiyati viloyat boʻlimi, Oʻzbekiston karlar jamiyati viloyat boʻlimi, Milliy madaniy markazlar, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi va 20 dan ortiq NNT vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv Qarshi shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlar uyi” (Doʻstlik uyi) da tashkil etildi.
Respublikamizning 14 ta xududida Adliya vazirligi huzuridagi yuridik texnikumlar mavjud bo‘lib, hozirda malakali va bilimli yuristlarni tayyorlovchi ilm maskaniga aylanib ulgurdi.
An’anaga muvofiq, bugun O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurib, texnikumning o‘quv-moddiy bazasi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlariga innovatsion texnologiyalarning tadbiq etilishi ahvoli, shuningdek hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mahsulotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida olib borilgan izchil islohotlar natijasida agrar sohada faoliyat yuritishning yangi tizimi – klaster usuli joriy etildi.
Joriy yilning 21 aprel kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida aksiya doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–201-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda ularning muammolar tinglanib, 16 nafar tibbiyot xodimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi va 3 nafar xodimning arizalari bo‘lim ish yurituviga olindi.