Янгиликлар
Mening huquqim
Joriy yilning 22-aprel kuni viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N.Sattarova hamda X.Sulaymonova nomidagi RSEMning viloyat bo‘limi mudiri J.Umiddilayevlar tomonidan Qarshi shahridagi 1-sonli Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquqim kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati unda belgilangan huquqiy normalar yuzasidan tushuntirishlar hamda yoshlarning qonunchilikda belgilangan imtiyozlari va huquqlari, yuridik sohaning o‘ziga hos xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanish tartiblari, qoidalarga amal qilmasdan harakatlanish esa yo‘l transport xodisalari sodir bo‘lishiga, buning natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga zarar yetishiga sabab bo‘lishi hamda yo‘l transport belgilari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga “Har kunlik huquq” hamda “Hayotiy muhim masalalar bo‘yicha” huquqiy qo‘llanmalar tarqatildi.



