Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya vaziri Qashqadaryodagi Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi April 22, 2022


Adliya vaziri Qashqadaryodagi Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi

Ayni vaqtda xizmat safari bilan adliya vaziri R.Davletov Qashqadaryo viloyatida.

Joriy yilning 21 aprel kuni adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, unda ijtimoiy sohada faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston nogironlar jamiyati viloyat boʻlimi, Oʻzbekiston karlar jamiyati viloyat boʻlimi, Milliy madaniy markazlar, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi va 20 dan ortiq NNT vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv Qarshi shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlar uyi” (Doʻstlik uyi) da tashkil etildi.

Adliya vaziri amalga oshirilayotgan islohotlarga keng toʻxtalgan holda, fuqarolik jamiyati institutlari sohasida katta oʻzgarishlar boʻlganligini, normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilishi natijasida fuqarolik jamiyati institutlarini xususan nodavlat notijorat tashkilotarini qullab-qoʻvvatlashga alohida eʼtibor berilayotganligi taʼkidlab oʻtdi.

Davra suhbati shaklida tashkil etilgan uchrashuvda nodavlat notijorat tashkilotlarining muammolari eshitildi.

Xususan, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi rahbari Sh. Radjabovning “Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi”da faoliyat olib borayotgan NNTlarni kommunal toʻlovlardan ozod qilish va Oʻzbekiston “Nogironlar” jamiyati viloyat boʻlimi rahbari B. Botirovning xodimlarni oylik ish haqlari bilan taʼminlashda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mablagʻ ajratish masalani aytdi.

Bundan tashqari, Qarshi Davlat Universiteti huzuridagi “Zamon” mintaqaviy tadkikot markazi rahbari G. Erkayevaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini qullab-qoʻvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini sarflash boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan grant mablagʻlarini sarflash yuzasidan tasdiqlangan nizomni qaytadan koʻrib chiqish, nodavlat notijorat tashkilotlarini ijtimoiy soliqlar yuzasidan yanada yengilliklar berish va Qashqadaryo viloyat asalarichilar assotsiatsiyasi rahbari R.Boymatov tomonidan uyushmaga aʼzo asalarichilar tomonidan klaster dalalarida oʻrnatilgan asalarilar ekinlarni ximiyaviy dorilash natijasida qirilib ketayotganligi, mazkur masalada Respublika miqyosida dislokatsiya ishlab chiqish va xabardor qilish tizimini jorish etish, asalarichilik yuzasidan alohida normativ-huquqiy hujjat qabul qilish va boshqalar.

Shuningdek,Qashqadaryo viloyat arablar milliy madaniy markazi rahbari D. Yogʻmirov tomonidan yurtimizda uzoq asrlardan buyon istiqomat qiluvchi etnik jihatdan arab millatiga mansub aholi nutqida qoʻllanib kelinayotgan arabiy til birliklari jamlangan – “Jeynov arab shevasi” kitob chop etilganligi, bunda hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga adliya organlarining yordami kattaligini va bundan minnatdorligini bildirdi.

Uchrashuvda qatnashchilarning har bir fikr-mulohazasiga oydinlik kiritilib, savollar bergan holda aniqlik kiritib, mazkur masalalarni hal etish miqyosiga qarab oʻrganib chiqilishini, adliya organlari nodavlat notijorat tashkilotlariga amaliy yordam berishga doimo tayyor ekanligi maʼlum qildi.

Kostruktiv ruhda tashkil etilgan suhbat adliya organlari va fuqarolik jamiyati institutlari xususan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.