Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

R.Q.Davletov Qarshi tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sohaga oid masalalarni muhokama qildi


Ma’lumki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mahsulotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida olib borilgan izchil islohotlar natijasida agrar sohada faoliyat yuritishning yangi tizimi – klaster usuli joriy etildi.

Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan shu sohada respublikamizning olis va chekka hududlarida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari, xususan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Qarshi tumanida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda adliya vaziri R.Q.Davletov fermer xo‘jaliklari rahbarlarining mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida klaster usulini joriy etish sohasida olib borilayotgan islohotlar haqidagi fikr-mulohazalari, muammolari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan paxta-to‘qimachilik hamda boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan keng ko‘lamli islohatlar o‘z samarasini berayotganligi, shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida fermer xo‘jaliklari va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar ham mavjudligini bildirishdi.

Muloqot yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, muammolar va takliflar inobatga olinib, kelgusida ularning huquqiy yechimini topish choralari ko‘rilishi belgilab olindi.