Янгиликлар
Sayyor qabulda fuqarolar va pedagoglarning muammolari o‘rganildi
Qamashi tuman adliya bo‘limi hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi “G’ishtli” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Xalq ta’limiga qarashli 70-umumiy ta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda “G’ishtli” MFY aholisi ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–201-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda ularning muammolar tinglanib, 15 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi va 3 nafar ta’lim xodimlarining arizalari bo‘lim ish yurituviga olindi.


