Янгиликлар
Adliya vaziri bo‘lajak yosh yuristlar bilan uchrashdi
Respublikamizning 14 ta xududida Adliya vazirligi huzuridagi yuridik texnikumlar mavjud bo‘lib, hozirda malakali va bilimli yuristlarni tayyorlovchi ilm maskaniga aylanib ulgurdi.
An’anaga muvofiq, bugun O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurib, texnikumning o‘quv-moddiy bazasi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlariga innovatsion texnologiyalarning tadbiq etilishi ahvoli, shuningdek hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Vazir dars jarayonida bevosita ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarning chet tilini puxta egallashlarining ahamiyati, qo‘shma ta’lim sohasida ularga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilar bilan chet tilida muloqot qilib, ularning til bilish darajasini sinovdan o‘tkazdi.
O’quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga vazirning o‘zidan javoblar olishdi va kelajakdagi rejalari yuzasidan takliflarini berishdi.
Bugungi uchrashuv chin ma’noda yoshlarimizga rag‘bat bo‘ldi desak, adashmaymiz



