Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
TIJORAT BANKLARI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA SHOXOBCHALARINI JOYLASHTIRISHI MUMKIN

Tijorat banklari uchun ajoyib yangilik. Endi siz viloyatdagi 15 ta Davlat xizmatlari markazlarida o‘z shoxobchangiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.

08
Yoshlar o'rtasidagi erta nikohni oldini olish va uning salbiy oqibatlari, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun -mohiyati" o'rganildi.

   Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi,viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi hamda ''Yurt Tarovati" gazetasi bilan hamkorlikda "Yoshlar o'rtasidagi erta nikohni oldini olish va uning salbiy oqibatlari, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun -mohiyati " yuzasidan Qarshi davlat universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

08
9 nafar MFY xodimlari oylik maoshiga 30% ustama to'lab berildi.

  Qarshi shahar adliya bo'limi tomonidan xodimlarning oylik maoshiga Qarshi shahar hokimligi tomonidan oylik ustama to'lanmay kelayotganligi aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan 9 nafar MFY xodimlari oylik maoshiga 30 foizlik ustama to'lanmaganlik to'g'risidagi murojaatlari bo'yicha sudga ariza kiritilib, sud qarorii chiqartirildi va MFY xoaimlarining murojaat ijobiy yechim topdi. Ma'lumot o'rnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko'ra 2020-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lashni joriy etish belgilangan edi. (“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 28-bandi eski tahririda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va Budjet tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan)

08
Aholi va xotin - qizlar murojaatlari sayyor tartibda o'rganilmoqda.

     Qarshi shahar adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi,Madad nodavlat -notijorat tashkiloti hamda trinerlar va Qarshi shahar FHDY bo'limi xodimlari turli millat va elat vakillari yashaydigan Shayxali shaharchasida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

08
Yuridik sohada o‘qishni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat!

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumiga 2022-2023 o‘quv yili uchun hujjat topshirish 1-avgustdan 20-avgustga qadar (20-avgust ham) my.gov.uz portali yoki www.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

07
Qaror ijrosi amalda

Shahrisabz pedagogika kollejida Shahrisabz tuman targ'ibot guruhi rahbari Sh.Togaeva,  XDP deputati T.Uzokov, Oila va xotin-qizlar tuman bo'limi bosh mutaxassisi M.Asomova va tuman IIB  xotin-qizlar bo'limi katta inspektori M.Kenjaeva hamda   kollej psixologi N.Kenjaeva va kollejning xotin- qizlar pedagog va ishchi xodimlari  ishtirokida "Yangi O'zbekiston - uchinchi Renessans sari", "Axborot manipulyasiyasi: maqsad va oqibat" va “Baxtli ayol -barqaror jamiyat poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

07
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari soddalashtirilmoqda

Bizga ma’lumki, 2022-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-113-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 avgustdan boshlab, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi o‘rinlarda — Mobil-ID tizimi) joriy etiladi.

Mobil-ID tizimi «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;

Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

07
Sayyor qabullarda aholi murojaatlari o'z ijobiy yechimini topmoqda

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

06
Pandironlik ayolning murojaati ijobiy yechim topdi.

Kasbi tuman Pandiron mahallasida istiqomat qiluvchi Shohimardonova Shaxlo 10 yildan beri bolalikdan tug'ma nogiron farzandiga qarab kelmoqda.
U 18 yoshgacha nogiron farzandni parvarishi bilan band bo'lganligi uchun beriladigan nafaqa pulini olish maqsadida Kasbi tumani Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Kasbi tuman Davlat xizmatlari markazi ushbu murojaatni o'rganib chiqib,tegishli hujjatlarga asoslanib,fuqaro murojaati o'z yechimini topdi. Yurtimizda nogironligi bor, o'zgalar qaramog'iga muhtoj bo'lgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Nogironligi bo'lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezidentning Farmoni bilan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 440 000 so'mdan 622 000 so'mgacha oshirildi. O'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so'm miqdorida nafaqa to'lovi parvarishlash nafaqasi joriy etildi.


06
Dehqonobod tumani adliya bo'limi mas'ullari tuman markazidan 200 km uzoqlikdagi Duob va Terakli qishloq ayollari muammosini yaqindan o'rganishdi.

  Hududdagi xotin-qizlar muammolari “mahallabay” o'rganish jarayonida tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori va FHDY mudirasi mahalla ayollari bilan suhbat olib borildi. Suhbatda Prezidentning PF 81-87-sonli farmoni targ'iboti, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash uchun olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish haqida ma'lumot berildi”, — deydi O.Ashurova

Sayyor xizmatlar jarayonida, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, himoya orderi berish, ajrim yoqasidagi notinch oilalar, sha'riy nikohdagilar, og'ir ijtimoiy ahvoldagi, ehtiyojmand xotin-qizlar muammolari yechimi yuzasidan ham tushuntirish olib borildi.