Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sayyor qabullarda aholi murojaatlari o'z ijobiy yechimini topmoqda


  Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. 


Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.


Shu maʼnoda, har xafta o'tkaziladiladigan sayyor qabullar davomida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo'limlari,Davlat xizmatlari markaz xodimlari,tuman FHDY bo'limi va yuridik markazlar tomonidan aholining murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqilmoqda.


Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, joriy yilning 5 oyi davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning qariyb 30 foizi joyida hal etilmoqda. Shu sababli fuqarolar oʻz muammolariga javob topish uchun sayyor qabulga kelishadi.


Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylanib bormoqda.


Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi