Янгиликлар
Pandironlik ayolning murojaati ijobiy yechim topdi.
Kasbi tuman Pandiron mahallasida istiqomat qiluvchi Shohimardonova Shaxlo 10 yildan beri bolalikdan tug'ma nogiron farzandiga qarab kelmoqda.

U 18 yoshgacha nogiron farzandni parvarishi bilan band bo'lganligi uchun beriladigan nafaqa pulini olish maqsadida Kasbi tumani Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Kasbi tuman Davlat xizmatlari markazi ushbu murojaatni o'rganib chiqib,tegishli hujjatlarga asoslanib,fuqaro murojaati o'z yechimini topdi. Yurtimizda nogironligi bor, o'zgalar qaramog'iga muhtoj bo'lgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Nogironligi bo'lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezidentning Farmoni bilan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 440 000 so'mdan 622 000 so'mgacha oshirildi. O'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so'm miqdorida nafaqa to'lovi parvarishlash nafaqasi joriy etildi.