Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Qaror ijrosi amalda


Shahrisabz pedagogika kollejida Shahrisabz tuman targ'ibot guruhi rahbari Sh.Togaeva,  XDP deputati T.Uzokov, Oila va xotin-qizlar tuman bo'limi bosh mutaxassisi M.Asomova va tuman IIB  xotin-qizlar bo'limi katta inspektori M.Kenjaeva hamda   kollej psixologi N.Kenjaeva va kollejning xotin- qizlar pedagog va ishchi xodimlari  ishtirokida "Yangi O'zbekiston - uchinchi Renessans sari", "Axborot manipulyasiyasi: maqsad va oqibat" va “Baxtli ayol -barqaror jamiyat poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek suhbatda Prezidentning PF 81-87-sonli farmoni targ'iboti, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash uchun olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik, kasanachilik, xunarmandchilikni rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish haqida ma'lumot berildi. Yig'ilishda so'z olganlar tomonidan "Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, ekstremizm, ommaviy madaniyat kabi ma'naviy tahdidlarni oldini olish, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashash, shukronalik tuyg'usini yoshlar ongiga singdirish, "Inson qadri uchun" tamoyilining tub mohiyatini anglash kabi mavzularga alohida e'tibor qaratildi.