Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Dehqonobod tumani adliya bo'limi mas'ullari tuman markazidan 200 km uzoqlikdagi Duob va Terakli qishloq ayollari muammosini yaqindan o'rganishdi.



Hududdagi xotin-qizlar muammolari “mahallabay” o'rganish jarayonida tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori va FHDY mudirasi mahalla ayollari bilan suhbat olib borildi. Suhbatda Prezidentning PF 81-87-sonli farmoni targ'iboti, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash uchun olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish haqida ma'lumot berildi”, — deydi O.Ashurova

 Sayyor xizmatlar jarayonida, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, himoya orderi berish, ajrim yoqasidagi notinch oilalar, sha'riy nikohdagilar, og'ir ijtimoiy ahvoldagi, ehtiyojmand xotin-qizlar muammolari yechimi yuzasidan ham tushuntirish olib borildi.


Dehqonobod tuman FHDY bo'limi tomonidan 2021 yil mobaynida jami 8000 ta ga yaqin fuqarolar murojaati ko'rib chiqilgan bulsa 2022 yilning shu kuniga qadar ushbu murojaatlar soni 3200 tani tashkil qildi.Murojaatlar ning 95% ijobiy hal qilingan bo'lib,5 % ga huquqiy tushunchalar berilgan. Bolaning tug'ilganligi õz vaqtida qayd qilinmaganligi sababli guvohnomasiz yurgan 153 nafar bolalarga 2021 yilda tug'ilgan lik guvohnoma berilgan bo'lsa 2022 yilda esa bu ko'rsatkich 23 tani tashkil qilgan. Ko'p yillardan beri qonuniy nikohlari qayd qilinmagan shariy nikoh asosida yashab kelayotgan 6 nafar oilalar 2022 yilda amalga oshirilgan sayyor qabullar jarayonida aniqlanib ularning nikohlari Dehqonobod tuman FHDY bo'limi tomonidan qonuniy qayd qilinib sayyor tartibda o'z egalariga topshirildi.