Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

08
Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 1 000 ta yurist lavozimiga tanlovlar boshlandi

Adliya vazirligi tomonidan sentabr oyida “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish oyligi” o‘tkazilmoqda.

07
Qonun hujjatlarining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirilmoqda

Joriy yil 6 sentyabrda viloyat adliya va viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari hamda viloyat televideniyasi hamkorligida adliya boshqarmasi binosida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga oid reportaj tayyorlandi.

07
Maktabgacha ta’lim takshiloti xodimining bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tish huquqi tiklandi!

Qarshi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 30-son davlat maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyachisi M.Qning bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi shikoyatiga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o’rganish o’tkazildi.

07
Xodimning mehnat huquqlari tiklandi!

Joriy yilning 30 aprel kuni fuqaro U.A Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga viloyat “Toza hudud” DUKda noqonuniy ishdan bo‘shatilgandan norozi bo‘lib, o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplab berishni so‘rab yozgan shikoyatiga asosan, o‘rganish o‘tkazildi.

06
Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda

Joriy yil yilning 6 sentabr kuni viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatning “Oltin voha” radiosi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali muloqot tashlik etildi.

06
E’tirofga munosib xodim

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning avgust oyi yakuni bo‘yicha qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasini rivojlantirish hamda izchil va bir xilda ta’minlashda munosib xizmatlari uchun viloyat adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i Bekmamatov Azamat Raxmatullayevich oyning eng yaxshi xodimi deb topildi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

06
Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindorlari munosib taqdirlandi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yil 6 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lgan yuridik texnikum o‘quvchilariga belgilangan shakldagi guvohnomalarni tantanali tarzda topshirish tadbiri tashkil etildi.