Янгиликлар
Qonun hujjatlarining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirilmoqda
Joriy yil 6 sentyabrda viloyat adliya va viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari hamda viloyat televideniyasi hamkorligida adliya boshqarmasi binosida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga oid reportaj tayyorlandi.
Mazkur reportajda viloyat adliya boshqarmasi katta maslahatchisi E.Dustov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 mardagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF – 5012-son Farmoni va Qarshi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Karabayev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM – 829-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntiridi.
Bundan tashqari viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining mas’ul xodimi H.Niyozov bugungi kunda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularni erta oldini olish borasida hamkor tashkilotlar singari adliya organlari ham qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bilan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklarni oldini olishda yelkadosh bo’lib xizmat qilayotganligini ta’kidlab, viloyat miqyosidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi haqida ma’lumotlar berdi.