Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindorlari munosib taqdirlandi


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yil 6 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lgan yuridik texnikum o‘quvchilariga belgilangan shakldagi guvohnomalarni tantanali tarzda topshirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat sudi raisi, adliya boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari, Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi direktori hamda texnikum talabalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, viloyat sudi raisi A.Mahkamov O’zbekiston yoshlari bilan ishlash, ularning manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish siyosiy jarayonlarga jalb qilish hamda bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanish haqida so‘z yuritib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindorlariga guvohnomalar tantanali tarzda topshirdi.

Tadbir tafsilotlari viloyat televideniyesi, boshqarma va Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi telegram kanallarida, “Mahalla+adliya” telegram kanalida hamda “facebook” sahifalarida keng yoritildi.