Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xodimning mehnat huquqlari tiklandi!


Joriy yilning 30 aprel kuni fuqaro U.A Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga viloyat “Toza hudud” DUKda noqonuniy ishdan bo‘shatilgandan norozi bo‘lib, o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplab berishni so‘rab yozgan shikoyatiga asosan, o‘rganish o‘tkazildi.

O’rganish natijasida, fuqaro U.A 2021 yil 20 apreldan 1 may kuniga qadar Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasi tomonidan berilgan 088465-raqamli mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida bo‘lganligi, biroq, viloyat “Toza hudud” DUK direktorining 2021 yil 21 apreldagi buyrug‘iga ko‘ra, shu kunning o‘zidan “Toza hudud” DUK Shahrisabz tuman filiali abonentlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha filial boshlig‘i o‘rinbosari U.A bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi uchinchi bandiga asosan bekor qilinganligi aniqlandi.

Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi uchinchi qismida xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Natijada adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro U.Aning manfaatini ko‘zlab javobgar viloyat “Toza hudud” DUKga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topib, da’vogarni ishga tiklash
va majburiy progul davri uchun ish haqlari va ma’naviy zararni undirish haqida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilindi.

Mazkur da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirilib, joriy yilning 11 avgust kuni viloyat “Toza hudud” DUK rahbarining 2021 yil 21 apreldagi buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topildi hamda fuqaro U.A o‘z ish joyiga tiklanib, majburiy progul davri uchun 4 808 876 so‘m ish haqi hamda 2 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarildi.