Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Maktabgacha ta’lim takshiloti xodimining bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tish huquqi tiklandi!


Qarshi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 30-son davlat maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyachisi M.Qning bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi shikoyatiga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o’rganish o’tkazildi.

O’tkazilgan o’rganishlar davomida Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar bo‘limlari tomonidan fuqaro M.Qni bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish rad qilinganligi ma’lum bo’ldi.

Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 13 maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomning 50-bandida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Qni manfaatini ko‘zlab Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga javobgar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar bo‘limiga nisbatan mansabdor shaxsning xatti-harakatini g‘ayriqonuniy deb topib, tibbiy tekshiruvdan bepul o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risida shikoyat ariza kiritildi.

Ushbu shikoyat ariza dastlab, Qarshi tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan qanoatlantirish rad etildi.

Shundan so‘ng, adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudiga apellyatsiya shikoyati kiritildi.

Apellyatsiya instansiyasi tomonidan joriy yilning 17 avgust kuni apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilib, Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qarori bekor qilindi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar bo‘limiga fuqaro M.Qni bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish bo’yicha majburiyat yuklatildi.