Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
“Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi davom etmoqda….

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 15-avgust – 15-sentabr kunlari “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi e’lon qilindi.

19
“E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga asosan “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilib, qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarning  monitoringi yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida seminar - trening bo'lib o'tdi.

19
ADLIYA TADBIRKORGA KO'MAKCHI

Yakkabog' tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi , tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikida  "Eski Yakkabog' Qo'g'onchasi" da sayyor qabul va reyd tadbiri o'tkazildi.

19
XUSUSIY MULK DAXLSIZ VA DAVLAT XIMOYASIDADIR AKSIYASI

Koʻkdala tumani adliya boʻlimi tomonidan "Xususiy mulk daxlsiz va davlat ximoyasidadir" aksiyasi doirasida  tumanda joylashgan  94-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

19
Kosonlik aka - singgillar hujjatlarini sayyor tarzda olishdi

Aholining ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish, ularni bugungi kundan rozi bo'lib yashashlarini taʼminlash davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Koson tuman Davlat xizmatlari markazi hamda tuman FHDY bo'limi xodimlari tomonidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

18
O'Z-O'ZIGA XIZMAT KO'RSATISH BURCHAKLARI QULAY VA TEZKOR

Aholiga davlat xizmatlarining yuqori sifatda ko'rsatilishi, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma'muriy to'siqlarning oldini olmoqda.

18
Dehqonobodda YUZ MILLION lik rag'bat pullari undirib berildi.

Dehqonobod tumani adliya bo'limi tomonidan tuman xalq ta'limiga qarashli  68-70 va 2-o'rta maktablar tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentabr kunidagi "Iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'risida"gi 562-son qarori asosida o'rganib chiqilganda, 68-70-o'rta maktab va xorijiy tillar o'qituvchilarini rag'bat to'lov pullari berilmagani ma'lum bo'ldi.

18
ADLIYA HUDUD

Chiroqchi tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda nafaqa to‘lovi tayinlanishi yuzasidan fuqarolarga uyma-uy yurgan holda tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

18
Kosonlik noqonunniy bo'shatilgan maktab qorovuli qayta ishga tiklandi.

Koson tuman adliya bo'limining ish yurituvida bo‘lgan fuqaro A.Akbarovning murojaati yuridik markaz xodimlarining bergan rad qarorlarini o'rganish jarayonida Koson tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 33-sonli umumta’lim maktabi direktorining amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda maktabda qorovul shtatida faoliyat bolib borayotgan fuqaro A.Akbarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ loyihasi "E-huquqshunos" platformasi orqali YXKM xodimlaridan ijobiy xulosa olinmasdan turib, yashirin ravishda joriy yilning 11-avgustida rasmiylashtirilganligi aniqlandi.

17
OILAVIY AJRIMLARGA KIM SABABCHI?

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan “Viloyatdagi oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning oldini olish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Farmoyishi imzolandi.