Янгиликлар
17
OILAVIY AJRIMLARGA KIM SABABCHI?
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan “Viloyatdagi oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning oldini olish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Farmoyishi imzolandi.
Mazkur farmoyishga asosan viloyatda oilaviy ajralishlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning oldini olish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida viloyat ishchi guruhi tashkil etildi.
Bugun ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligida ishchi guruh a’zolari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda oilaviy ajrimlarni kelib chiqish sabablari va ularni kamaytirishda amalga oshiriladigan ishlar hususida so'z yuritildi.