Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Kosonlik noqonunniy bo'shatilgan maktab qorovuli qayta ishga tiklandi.


Koson tuman adliya bo'limining ish yurituvida bo‘lgan fuqaro A.Akbarovning murojaati yuridik markaz xodimlarining bergan rad qarorlarini o'rganish jarayonida Koson tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 33-sonli umumta’lim maktabi direktorining amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda maktabda qorovul shtatida faoliyat bolib borayotgan fuqaro A.Akbarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ loyihasi "E-huquqshunos" platformasi orqali YXKM xodimlaridan ijobiy xulosa olinmasdan turib, yashirin ravishda joriy yilning 11-avgustida rasmiylashtirilganligi aniqlandi.

Adliya aralashgach: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi PQ-5168-son qarorga asosan maktabda qorovul shtatida faoliyat bolib borayotgan fuqaro A.A.bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi tizimdan yashirilgan holatda chiqarilgan buyrug‘ hech qanday yuridik kuchga ega emasligi inobatga olgan holda ta'sirchan taqdimnoma kiritish orqali qonuniylik ta'minlandi. Koson tuman 33 -makatb qorovuli A.Akbarov ishga qayta tiklandi.