Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
Men kar-soqovligim sababli nogironlik nafaqasi olaman. Qanday qilib notarial harakatni amalga oshirsam bo'ladi?

“Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi Yo'riqnomaning (ro'yxat raqami 3113, 2019 yil 4 yanvar) 8-bandiga ko'ra, notarial harakatni amalga oshirishni so'rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog'i og'ir) bo'lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo'lsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o'z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir bo'lishi shart.

    Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog'i og'ir) bo'lgan hamda muomala layoqatiga ega bo'lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so'rab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning o'zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.

08
"PALMOLIVE", "HACI SAKIR", "CLEAR", "Fax", "Kit Kat" va "Сода пещевая" tovar belgisining kontrafakti aniqlandi.

Joriy yilning 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan Qarshi shahrida "Yerqo'rg'on dehqon va oziq-ovqat bozori"da kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi yuzasidan profilaktik-kuzatuv tadbiri o'tkazildi.

Xususan mazkur jarayonda "PALMOLIVE", "HACI SAKIR", "CLEAR", "Fax", "Kit Kat" va "Сода пещевая" tovar belgilar(Brend)ining kontrafakt nusxalari bo'lgan mahsulotlar sotilayotganligi aniqlandi.  
Unutmang! O'zganing tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga hilof ravishda (ruhsatsiz) foydalanish huquqbuzarlik hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik choralarini keltirib chiqaradi.
Tovar yoki xizmat belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

08
Qarshi shahrida o'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanishdi.

Joriy yilning 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan Qarshi shahrida o'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuzasidan profilaktik-kuzatuv tadbiri o'tkazildi.
Xususan mazkur jarayonda "ISHONCH","AVTORITET"  xizmat ko'rsatish belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanilayotganligi aniqlandi.  
Unutmang! O'zganing tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda (ruhsatsiz) foydalanish huquqbuzarlik hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlik choralarini keltirib chiqaradi.
Tovar yoki xizmat belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

      

08
Qaror ijrosi amalda

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda Ko'kdala,Koson,Chiroqchi, Mirishkor,Shahrisabz,Kitob  tuman adliya bo'limi , davlat xizmatlari markazi , tuman   Tibbiyot birlashmasi va  Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo'limi xodimlari bilan  hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 74-son Farmoni ijrosi yuzasidan 18 yoshgacha bo'lgan nogironligi bor farzandlarini tarbiyalayotgan xonadonlarga tashrif buyurib, ularga Farmon talabi bo'yicha o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning   parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so'm miqdorida nafaqa to'lovi  to'lanishi haqida atroflicha tushuntirishlar berilib, targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

08
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI.

Nogironligi bo'lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo'lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan,Nishon tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 74-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida tuman markazidagi 14 ta xonadonlarga borilib 3 nafar fuqarodan nogironga qarovchi sifatida 500 ming so'm nafaqa tayinlab, amaliy yordam berilishi yuzasidan murojaatlari qabul qilindi. Qolgan 11 nafar fuqarolar nafaqa olib kelinayotganligi ma'lum bo'ldi.

05
SHAHRISABZDA TOVAR BELGISIDAN NOQONUNIY FOYDALANISHDI.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan (2022 yil iyul oyi) profilaktik kuzatuv jarayonida "CLIMBER" xizmat ko'rsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holati aniqlandi.
Shahrisabz shahrida joylashgan mahalliy tadbirkor tomonidan  kiyim-kechak do‘koni peshlavhasida foydalanayotgan “CLIMBER” so‘zi “CUNO TEKSTIL KONFEKSIYON SANAYI VE TECARET LIMITED SIRKETI (ISTAMBUL (TR))”ga tegishli huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan “CLIMBER B.C.” so‘z ko‘rinishidagi tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo'yicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnomasiga asosan "CLIMBER" so'zi savdo do`koni peshlavhasidan olib tashlanib qonunbuzilish holati bartaraf etildi.

05
SAYYOR QABULDA 8 YILLIK NIKOH RASMAN QAYD ETILDI

Mirishkor tuman adliya bo'limi, YUKXM, FHDYO bo'limlari xodimlari tomonidan  tumandagi "Chandir" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul jarayonida tadbir qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o'zgartirishlar, referendum qonunchiligi hamda boshqa huquqiy sohaga oid ma'lumotlar berildi.

Xususan, sayyor qabul davomida, davlat xizmatlari sohasiga doir yangilik va maʼlumotlardan fuqarolarni xabardor qilib borilmoqda. Keng koʻlamli targʻibot tadbirini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularga sayyor tartibda davlat xizmatlarini koʻrsatishdan iborat.
  
Shuningdek, ushbu mahallada 8 yildan buyon sha'riy nikoh asosida yashovchi fuqarolar J.Sultonov va N.Ergashovalarning nikohlari qonuniy ro'yxatdan o'tkazildi hamda 2016-yilda tug'ilgan farzandlari  D.Durdievaga tug'ilganlik guvohnomasi  rasmiylashtirilib sayyor tartibda topshirildi.

05
O'ZIMIZ_KELDIK

Koson tuman markazidan 65 km uzoqlikda joylashgan  Raxsimso'fi mahallasi hududdagi olis mahallalardan hisoblanadi.Aholisi asosan chorvachilik bilan bilan shug'ullangani bois tuman markaziga kelib -ketishg ehtiyojlari kam bo'ladi. Shu sababli ham Davlat xizmatlari markazi xodimlari ushbu mahallada Sayyor qabul  tashkil etishdi.

04
22 YILDAN SO'NG RASMAN NIKOHDAN O'TISHDI

Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangina emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.

     Koson tuman Pistali mahallasida yashovchi fuqarolar Berdiyorov Husan va Boboqulova Sadoqat 6 nafar farzandli bo'lganliklaridan so'ng rasman nikohdan o'tishdi.

     Shu vaqtga qadar hatto farzandlariga ham tug'ilganlik guvohnimasini olishmagan edi. Sayyor qabullar jarayonida aniqlangan bu holat Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan tez orada bartaraf etildi, Ularning farzandlariga ham hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.



- Xujjatlarim yo'qligidan ilgari uyalardim, birovga ayta olmasdim, Hujjat olish judayam murakkab jarayon deb hisoblardim. FHDY xodimlari mahallamga borgandan so'ng xavotirim so'ndi, juda xursand bo'ldim. Rasman O'zbekiston fuqarosi ekanligimga xaliyam ishonmayman.- deydi: Sadoqat Boboqulova

04
Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun huquqiy tushunchalar berilmoqda. August 04, 2022

   Ko'kdala tumani adliya bo'limi va BTPJ tuman bo'limi tomonidan "Uymovit" mahalla fuqarolar yig'inida  MFYda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va Referendum o‘tkazishning huquqiy asoslari to‘g‘risida mahalla aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi.