Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
ADLIYA ARALASHGACH

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Soliha" xizmat ko'rsatish belgisi egasining murojaatiga asosan uning mazkur belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi.

Shahrisabz shahrida joylashgan xizmat ko'rsatish binosida "Soliha" so'zidan huquq egasining ruxsatisiz  mahalliy tadbirkor tomonidan   qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

19
KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR

G'uzor tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli G'uzor tumanida joylashgan harbiy qismda harbiy hizmatchilari uchun  “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi bo'yicha targ'ibot tashviqot tadbiri o'tkazildi.

19
Sayyor xizmatlar

“O‘zimiz_keldik” loyihasi doirasida Kitob tuman adliya bo‘limi hamda  Davlat xizmatlari markazlari tomonidan  aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

19
"Toza hudud" DUK xodimlariga 39 500 000 so'mlik ish haqlari undirib berildi.

Qashqadaryo Viloyat adliya boshqarmasiga  viloyati "Toza hudud" DUKning 18 nafar xodimlari ish haqlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga ish haqlarini undirish haqida sud buyruqlari chiqarishni so‘rab jami 39 500 000 so‘mlik 18 ta arizalar kiritilgan.
Mazkur arizalar qanoatlantirilib, sud buyruqlari chiqarilgan va ijroga yo‘naltirilgan.

18
Mahalla raislarining huquq va majburiyatlari bo'yicha o'quv - seminar tashkil etildi.

Joriy yilning iyul-avgust oylarida mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish va  mahallabay ishlash tizimini shakllantirish maqsadidida Qarshi davlat universitetida yangi saylangan mahalla raislarining  malakasi oshirish maqsadida  o'quv-semenarlar tashkil etilgan edi

18
KOʻKDALA TUMAN ADLIYA BOʻLIMIGA RAHBAR TAYINLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 578-sht-son buyrugʻiga asosan Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tuman adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga Sultanov Oʻrinboy Sherbobayevich tayinlandi.

18
Odam savdosining salbiy oqibatlari

Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega.      

16
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori bo'yicha viloyat adliya boshqarmasida ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni belgilash maqsadida joriy yilning 15 iyun kuni davra suhbati tashkil etildi.

16
Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi qizgʻin tus olmoqda

Bugungi kunda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar hamda referendum o'tkazish tartibi haqida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga huquqiy tushuntirish berish ahamiyatli holat albatta.

16
O'ZIMIZ KELDIK

Kasbi tumanida 57 nafar fuqaroga sayyor xizmat ko'rsatildi.