Yangiliklar
Navbatdagi tadbir Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasida ZOOM platformasi orqali "Mening konstitutsiyam" mavzusida bo'lib, bugungi kunda konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqaviy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Respublikada davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi belgilab berildi.
Китоб туманидан 24 км узоқликда жойлашган Варганза МФЙ да Китоб туман Адлия бўлими Давлат хизматлари маркази ходимлари И.Жаханов, Б.Баёнов ва Л.Сагдуллаевлар томонидан Варганза маҳалласи ходимлари ва шу ҳудудда яшовчи фуқаролари ҳамда тадбиркорларига туман давлат хизматлари марказида кўрсатилаётган хизматлар ва янги қўшилган хизматлар ҳақида тушунчалар берилди.
G‘uzor tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan ota-onasining e’tiborsizligi sabab tug‘ilishi qayd qilinmagan uch nafar fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi.
Ayni damda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan Xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari va umumta’lim maktablarining xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali “Konstitutsiyaviy islohotlar davom etmoqda” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Biroz muddat ilgari boshlangan ommaviy sayyor qabulda Chiroqchi, Ko'kdala, Qamashi va Yakkabog' tumanlari aholisining muammo va takliflariga quloq tutilmoqda.
Mazkur savolga Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani FHDY bo’limi 1-toifali inspektori Nargiza Azamatova javob beradi:
Seminar jarayonida Ommabop qidiruv tizimlari orqali kerakli resurslarni izlab topish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish xamda huquqiy targ'ibot kanaliga ulanishning afzalliklari borasida targ'ibot ishlari olib borildi.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida “Notarius xizmatidan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish hamda mazkur xizmatlardan foydalanishda ortiqcha muammolarga mas'ul tashkilot vakillari bilan birgalikda barxam berish” mavzusida Qashdqarayo viloyati Ma'muriy va Qarshi tumanlararo Ma'muriy sudlari sudyalari, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va viloyat Qurilish boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar va ularning xodimlari ishtirokida navbatdagi o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.