Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

QASHQADARYODA FUTBOL MUSOBAQASIGA START BERILDI


“8-dekabr – Konstitutsiya kuni” bayrami munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha “Adliya kubogi – 2022” musobaqasiga start berildi.



Musobaqada barcha tuman (shahar) adliya boʻlimlarining (16 ta), boshqarmaning (2 ta) va Yuridik texnimkumning (1 ta) jamoalari oʻrtasida oʻzaro baxs boʻlib oʻtdi.



Musobaqaning dastlabki kuni qurʼaga koʻra jamoalar 6 ta guruhlarga ajratildi hamda har bir jamoa oʻz guruh aʼzolari bilan bellashib, saralash oʻyinlarini oʻtkazishdi.






Dastlabki kun yakuni boʻyicha guruhda 1-oʻrinni egallagan hamda eng yaxshi 2 ta

2-oʻrinlarni olgan 8 ta jamoa musobaqaning chorak finaliga chiqishdi.


Musobaqaning ikkinchi kuni chorak final, yarim final va final bosqichlari koʻtaringki ruhda oʻtkazildi.




Dastlab musobaqada qatnashgan yosh adliyachilarga (xodimlarning farzadlari) sovgʻalar tarqatildi.




Oʻyinlar yakunida jamoalar orasidan munosib nomzodlar saralanib, nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.

“ENG YAXSHI DARVOZABON”nominatsiyasi boʻyicha GʻOLIBLIK

“Kitob tumani adliya boʻlimi” jamosi darvozaboni – Murodillayev Ahmad

 


“ENG YAXSHI TOʻPURAR” nominatsiyasi boʻyicha GʻOLIBLIK

“Koson tumani adliya boʻlimi” jamosi hujumchisi – Narzullayev Zarif


“ENG YAXSHI OʻYINCHI” nominatsiyasi boʻyicha GʻOLIBLIK

“Muborak tuman adliya boʻlimi” jamoasi yarim himoyachisi – Abdurahmonov Eldor


Shuningdek, munosib oʻyini uchun «Adliya boshqarma» jamoasi 3-oʻrinni;


“Muborak tuman adliya boʻlimi” jamoasi 2-oʻrinni;


“Kitob tuman adliya boʻlimi” jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritib gʻoliblar esdalik sovgʻalari, medallar hamda koʻchma “Adliya kuboki” bilan taqdirlandilar.