Янгиликлар
02
Adliya hudud
Dehqonobod tumani adliya bo'limi, YUXKM, va tuman hokimligi ishtirokida tumanda faoliyat yuritayotgan Afg'oniston Respublikasida harbiy xizmatda bo'lgan Baynalminalchilar va fuqarolar ishtirokida 3 - dekabr xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 30 yilligi, Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi, ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish bo'yicha qonunchilikning mazmun-mohiyati, VM 259-son qaror talablari asosida tuman hududida jinoyatchilikni olidini olish yuzasidan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Ishtirokchilardan tushgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.