Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Oila - qonun himoyasida


timizda boquvchisini yoʼqotgan, koʼp bolali oilalarga moddiy yordam berishni oʼz vazifasi deb hisoblaydi va buning amaliy choralarini koʼradi. Bunday oilalarga, farzand koʼrish va tarbiyalash uchun onalarga beriladigan suyunchi puli kabi mablagʼlar oilalar farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Vohamizning goʼzal maskanlaridan biri Kitob tumanida ham oilalar tinch-osuda hayot kechirmoqda. Birgina misol Kitob tumani FHDYo boʼlimida yuzlab baxtli oilalar nikohi qayd etilib, moddiy va maʼnaviy yordamlar koʼrsatilib kelinmoqda. Bu oʼz navbatida oilalarning, avvalo, Konstitutsiyada belgilab qoʼyilgan huquqlari, qolaversa davlatimiz siyosatining oqilona koʼzgusi desak adashmagan boʼlamiz.

Shuningdek, mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila tuzishning qonuniy sharti boʼlib, u bosh qomusimizda belgilangan. Konstitusiyaning 36-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, – degan qoidada oʼz ifodasini topgan. Oilaning asosi nikoh boʼlsa, u birinchidan, tomonlarning mutlaq roziligi bilan, ikkinchidan teng huquqliligi asosida tuziladi.

Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlash joizki, oilalarning mustahkamligi va yurtning taraqqiyoti avvalo qonun ustuvorligida, oilalarning qonun himoyasida ekanligidadir. Demak, oilalarimiz jamiyat, davlat va qonun himoyasida ekan baxtli avlod oʼsib-ulgʼayishida va davlatga fidoyi avlod shakllanishiga poydevor boʼladi.

Komila MUSTАFАEVА