Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

KONSTITUTSIYA BILIMDONI


Yoshlarning huquqiy  va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish,ularni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida "Adolat" SDP ning "Vatan kelajagi yoshlar qo'lida" loyihasi doirasida "KONSTITUTSIYA BILIMDONI" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.  

Unda akademik litseylarning 2-bosqich o'quvchilari hamda umumta'lim maktablarning 11-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.

Mazkur tanlovda Qashqadaryo viloyat "Adolat" SDP, viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda "Yurt tarovati" gazetasining bosh muharriri hakam sifatida ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilari  3 ta shart doirasida  bellashishdi. Tanlovda 1-o'rin  Qashqadaryo viloyat yuridik texnikum o'quvchisi Fayzullayeva Sevinchga nasib etdi.