Yangiliklar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Soliha" xizmat ko'rsatish belgisi egasining murojaatiga asosan uning mazkur belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi.
Shahrisabz shahrida joylashgan xizmat ko'rsatish binosida "Soliha" so'zidan huquq egasining ruxsatisiz mahalliy tadbirkor tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
G'uzor tuman adliya bo'limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli G'uzor tumanida joylashgan harbiy qismda harbiy hizmatchilari uchun “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi bo'yicha targ'ibot tashviqot tadbiri o'tkazildi.
“O‘zimiz_keldik” loyihasi doirasida Kitob tuman adliya bo‘limi hamda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Qashqadaryo Viloyat adliya boshqarmasiga viloyati "Toza hudud" DUKning 18 nafar xodimlari ish haqlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga ish haqlarini undirish haqida sud buyruqlari chiqarishni so‘rab jami 39 500 000 so‘mlik 18 ta arizalar kiritilgan.
Mazkur arizalar qanoatlantirilib, sud buyruqlari chiqarilgan va ijroga yo‘naltirilgan.
Joriy yilning iyul-avgust oylarida mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish va mahallabay ishlash tizimini shakllantirish maqsadidida Qarshi davlat universitetida yangi saylangan mahalla raislarining malakasi oshirish maqsadida o'quv-semenarlar tashkil etilgan edi
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 578-sht-son buyrugʻiga asosan Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tuman adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga Sultanov Oʻrinboy Sherbobayevich tayinlandi.
Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori bo'yicha viloyat adliya boshqarmasida ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni belgilash maqsadida joriy yilning 15 iyun kuni davra suhbati tashkil etildi.
Bugungi kunda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar hamda referendum o'tkazish tartibi haqida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga huquqiy tushuntirish berish ahamiyatli holat albatta.