Янгиликлар
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori bo'yicha viloyat adliya boshqarmasida ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarni belgilash maqsadida joriy yilning 15 iyun kuni davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X. Nasimov tomonidan o'tgan davr maboynida qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Ichki ishlar boshqarmasi xuzuridagi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N. Omonov tomonidan mahallarda sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni kelib chiqish sabablari hamda kelgusida ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini aytib o'tdi.

Shuningdek, bugungi kunda hamkor tashkilotlar bilan tuman (shahar)larda qizil xududlarga kiritilgan mahallalarda birgalikda mazkur Qaror ijrosi yuzasidan targ'ibot tadbirlarini hamkorlikda tashkil etishni ta'kidladi.

Tadbir davomida mazkur Qarorda belgilangan vazifalarni o'z vaqtida sifatli bajarish va samaradorligini oshirish maqsadida rejalar hamda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi va tegishli bayonnoma va tadbirlar ruyxati shakillantirildi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi