Янгиликлар
16
Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi qizgʻin tus olmoqda
Bugungi kunda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar hamda referendum o'tkazish tartibi haqida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga huquqiy tushuntirish berish ahamiyatli holat albatta.
Shu munosabat bilan, viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi hamda Jamoatchilik kengashi a'zolari bilan birgalikda Qarshi shahar Xonobod qo'rg'onchasida joylashgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar hamda referendum o'tkazish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.
Mavzu yuzasidan harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.Tadbirda Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, ko‘zda tutilayotgan yangilik va o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.