Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

29
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko'ra, quyidagilar adliya organlarining qo'shimcha faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo'yicha amaliy choralar ko'rib borish;

joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish va muvofiqlashtirib borish;

davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko'rsatib borish. (

29
#adliya_matbuot_anjumani Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

#adliya_matbuot_anjumani

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Mavzu: “ O‘zbekiston Respublikasi  “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonidagi yangiliklar yuzasidan: bo'lib o'tdi.

27
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ish olib borilmoqda

Shahrisabz tuman hokimligida Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Nuroniylar kengashi, tuman Adliya bo‘limi hamda tegishli mas'ullar ishtirokida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilaning o‘zaro tushunmovchiliklari muhokama qilindi.

24
ENG YAXSHI ADLIYA XODIMLARI ANIQLANDI

Xabaringiz bor xududiy adliya organlari tizimida to'rtta
nominatsiya bo'yicha yilning eng yaxshi adliya xodimlari o'rtasida Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.‌‌

23
#adliya_yoshlar

"Zakovat" intellektual o'yinlari barcha yoshlar uchun qiziqarli va aqlni charxlash uchun xizmat qiladigan ajoyib o'yinlardan biridir. Umuman olganda zakovat so'zining tub ma'nosi ham shundan dalolat beradi.

22
#Men_O'zbekistonlikman #Vatanim_mening_faxrim Targʻibot poezdi loyihasi Qashqadaryo yoshlari orasida

Yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vataniga bo‘lgan muhabbatini, yurtga sadoqat tuyg‘ularini oshirish maqsadida tashkil etilgan tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi “Men O‘zbekistonlikman” keng qamrovli loyihasi Qashqadaryolik yoshlarni birlashtirmoqda.

22
DAVLAT XIZMATLARI ENDI MAHALLALARDA XIZMAT KO'RSATADI

Davlat xizmatlaridan endi mahalla binolaridan turib ham foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Chiroqchi tumanidan qariyb 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Arabbandi" mahalla aholisi ana shunday qulaylikka ega boʻldi.

21
#adliya_yoshlar

Adliya vazirligi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularga Vataniga bo‘lgan muhabbatini, millatini qadrlash tuyg‘ularini oshirish maqsadida joylarda “Men O‘zbekistonlikman” tengdosh- tengdoshga tamoyili asosida keng qamrovli targ‘ibot aksiyalari bo'lib o'tmoqda.

20
ADLIYADA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”

Koson va Ko‘kdala tuman adliya bo'limi tomonidan bugun yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil qilindi.

20
SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI

Joriy yilning 18 may kuni Mirishkor,Nison hamda Koson  tuman adliya bo'limlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil etildi.