Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

DAVLAT XIZMATLARI ENDI MAHALLALARDA XIZMAT KO'RSATADI


#adliyadan_qulaylik

DAVLAT XIZMATLARI ENDI MAHALLALARDA XIZMAT KO'RSATADI

Davlat xizmatlaridan endi mahalla binolaridan turib ham foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Chiroqchi tumanidan qariyb 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Arabbandi" mahalla aholisi ana shunday qulaylikka ega boʻldi.

Mahalla binosida o'rnatilgan Infokiosk apparatidan bugun o'nlab fuqarolarni mushkuli oson bo'ldi. Markaz xodimi tomonidan mahalladagi 10 nafardan dan ortiq fuqarolar my.gov.uz saytiga ro'yxatdan o'tkazildi.

Fuqarolarga  sanatoriyaga ro'yxatga qo'yish, bolalar nafaqasiga ariza jo'natish hamda  kam ta'minlanganlik ma'lumotnomalarni shu joyning o'zida chiqarib berildi.