Янгиликлар
27
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ish olib borilmoqda
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ish olib borilmoqda
Shahrisabz tuman hokimligida Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Nuroniylar kengashi, tuman Adliya bo‘limi hamda tegishli mas'ullar ishtirokida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilaning o‘zaro tushunmovchiliklari muhokama qilindi.
Unda so‘z olganlar oila muqaddas qo‘rg‘on ekani, farzand bebaho ne'matligi, so‘nggi pushaymondan foyda yo‘qligi, murosayu madora bilan turmush kechirishning ahamiyatli jihatlari haqida hayotiy misollar va turli pand-nasihatlar berishib, ikki yoshni yarashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqishdi.