Янгиликлар
20
SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
Joriy yilning 18 may kuni Mirishkor,Nison hamda Koson tuman adliya bo'limlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil etildi.
Sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar hamda "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida bo'lib o'tdi.
Muloqotlar davomida mas'ullar tomonidan fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.
Ushbu sayyor qabulda fuqarolardan murojaatlar tinglanib, ularning 40 dan ortigʻiga huquqiy tushuntirish berish orqali yordam koʻrsatildi hamda 20 ga yaqin murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.