Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

#Men_O'zbekistonlikman #Vatanim_mening_faxrim Targʻibot poezdi loyihasi Qashqadaryo yoshlari orasida




Targʻibot poezdi loyihasi Qashqadaryo yoshlari orasida

Yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vataniga bo‘lgan muhabbatini, yurtga sadoqat tuyg‘ularini oshirish maqsadida tashkil etilgan tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi “Men O‘zbekistonlikman” keng qamrovli loyihasi Qashqadaryolik yoshlarni birlashtirmoqda.

Koson tumani 8 - hamda 82 - o'rta ta'lim maktablarida hamda Shahrisabz shahar Turizm va madaniy me'ros kolledjida o'tkazilgan tadbirda targ'ibot guruhi tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yinlari, huquqiy viktorinalar o'tkazildi.

Bundan tashqari “Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi” shiori ostida otaliqqa olingan yoshlar uchun “Mening startap loyiham”, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" mavzularida ma'lumotlar berildi.