Yangiliklar
Joriy yilning 2 - may kuni viloyat markazidan 160 km uzoqlikdagi, tog'li hudud hisoblangan Kitob tumanining olis hududidagi "Bashir" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan doimiy ravishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanib kelinadi. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Kasbi tuman xalq qabulxonasida boʻlib oʻtdi.
Kitob tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari Lazizjon Sagdullayev, Muzaffar Rizaqulov va Salohiddinova Bibixadichalar tomonidan Varganza, Sharq Yulduzi va Ali Qushchi mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi.
Inson hayotida muhabbat, sadoqat va bag‘rikenglik kabi tushunchalar vaqt va sinovlar bilan yanada teranlashadi. Har bir juftlikning o‘ziga xos hayotiy yo‘li, quvonchi va sinovlari bo‘ladi. Ba'zilar bir-birini sevib, yoshlikda turmush quradi, ba'zilar esa turmushda yillar davomida birga bo‘lib, rasman nikohdan o‘tmagan bo‘lsa-da, o‘zaro hurmat va sadoqatda yashaydi.
Koson tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari va FHDY xodimlari tomonidan "Saripul" hamda "Mesit" mahallasida huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
AKA SINGILNING YO'QOLGAN HUJJATLARI QAYTA TIKLANDI.
Mirishkor tumani FHDY bo‘limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida Mirishkor tumani "Oqmachit" va "Yangi Mirishkor" MFYda yashovchi aka-singillar 1979 yilda tug'ilgan B.Sariqov hamda 1982 yilda tug‘ilgan G.Sariqovalarning tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlari tiklab berildi.
BIR OILADAN BESH KISHI HUJJATLI BO'LDI
Chiroqchi tuman adliya bo'limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi aksiyasi" doirasida tumandagi "Navoiy" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi SH.Akavulov hamda P.Shermirzayevaning besh nafar farzandlariga tug'ilganlik haqida guvohnoma rasmiyashtirilib berildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida timbilding doirasida “Eng yaxshi oshpaz” tanlovi natijalari e'lon qilindi.
Jamoadagi xodimlar o'rtasida o'zaro hamkorlik, ishonch va o'zaro mehr - oqibatni yanada kuchaytirish maqsadida o'tkazilgan bugungi tanlov natijalariga ko'ra:
1- o'rin: MUBORAK va KOSON tuman jamoasi
2- o'rin: YAKKABOG' VA KITOB tuman jamoasi
3 - o'rin: QAMASHI va NISHON tuman jamoalariga nasib etdi.
HUQUQIY MAHALLA
Mirishkor tuman adliya bo‘limi YXKM,FHDY,Davlat xizmatlari markazi xodimlari Navbahor hamda Oqmachit MFYda Huquqiy tarğibot tadbirlari tashkil etildi.Tadbir davomida qonunchilik va saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi .
Shuningdek, aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi va turli davlat xizmatlari ko’rsatildi.huningdek, tuman adliya bo'limiga tashrif buyurgan xotin-qizlarga ham aksiyaning mazmun-mohiyati tushuntirilib, murojaatlari qabul qilib borilmoqda.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–78-son qarori mazmuni ham tushuntirildi.
O'g'rilik jinoyatini oldini olish hamda aholi o'rtasida xavfsizlik choralari hamda javobgarlik masalalari bo'yicha manzilli tushuntirish ishlari olib borildi.
KOSONDA HUQUQIY MAHALLA
Joriy yilning 23-aprel kuni Koson tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari va FHDY xodimlari tomonidan "Nartichuqur" mahallasida huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida qonunchilik va saylov haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi .
Bundan tashqari uyma - uy yurib aholi xonadonlarida muammolarini oʻrganish olib borilib,belgilangan ijtimoiy himoya imtiyozlari, ishsizlikdan himoyalanish imkoniyatlari, shuningdek, 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.