Янгиликлар
16
adliya xabari
#adliya_aralashgach
Shifokor-xirurgga 30,9 mln so‘mdan ortiq ustama pullari undirib berildi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga fuqaro R.R. ning yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurg lavozimi uchun belgilangan ustama to‘lovlari to‘lab berilmaganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Murojaat o‘rganilib, aniqlangan qonunbuzilishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga taqdimnoma kiritildi.
Natijada, fuqaro R.R. ga 30 982 117 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlari to‘liq undirib berildi.