Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

adliya xabari


NAVBATDAGI HUQUQIY EKSPERIMENT QARSHIDA!

Bugungi kunda kiberjinoyatlar ko‘paymoqda va achinarlisi, odamlar shoshib qolib, o‘z shaxsiy ma’lumotlari hamda plastik karta kodlarini o‘z qo‘llari bilan jinoyatchilarga topshirib qo‘yishmoqda.

Aynan mana shunday firgarlik qurboni bo'lishni oldini olish maqsadida adliya organlari tomonidan mutlaqo yangi "Huquqiy eksperiment" loyihasi hayotga joriy etilmoqda. 

Ushbu loyiha doirasida fuqarolar real hayotda jinoyatchilar ishlatadigan sun’iy vaziyatlarga tushirib ko‘riladi va shu orqali ularning xatolari o‘zlariga ko‘rsatilib, huquqiy bilimlari jonli tarzda oshiriladi.

Respublika bo'ylab tashkil etilayotgan mazkur eksperiment Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazida o'tkazildi.

Unutmang, bank xodimlari hech qachon telefonda SMS-kod so‘ramaydi, shuning uchun har qanday shubhali havola va qo‘ng‘iroqlarga ishonmay, shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermaslik orqali o‘zingizni kiberjinoyatchilardan himoya qiling.