Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

adliya xabari


Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish — ustuvor vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 145-son qarori mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, xususan, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli taʼminlash, ularni har qanday tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish hamda jamiyatda bunday holatlarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tazyiq va zoʻravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va muammolari tinglandi. Shuningdek, ularga amaldagi qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar, himoya orderini olish tartibi, bepul huquqiy yordam hamda mavjud ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.