Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
TAYINLOV!

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

Rahmonov Sardorbek Rizo o'g'li  – Yakkabog' tuman adliya bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

S.Rahmonov – Shu kunga qadar Kitob tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i  lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  Rahmonov Sardorbek Rizo o'g'lini - tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

17
Adliya yoshlar

#Aksiya

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi va "Adliya kuni"  tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, talaba-yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

16
Adliya xabari

#Sayyor_qabul

FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Chiroqchi tumani Olmazor MFYda aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda 80 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etib, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda tizimni takomillashtirishga oid takliflarini bildirdilar.

Sayyor qabul davomida 70 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari tinglandi. Xususan, 21 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi, 9 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish va qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etuvchi 14 ta murojaat esa nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi mujassam. Shu bois fuqarolarni eshitish, ularning muammolariga yechim topish hamda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Sayyor qabul ham aynan ana shu maqsadga xizmat qildi.


16
Adliya xabari

KONTRAFAKTSIZ HUDUD

Bugun Yakkabog‘ tumanidagi Al-Kamol savdo majmuasida kontrafakt mahsulotlarning oldini olish va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Kontrafakt mahsulotlar nafaqat tadbirkorlarning qonuniy manfaatlariga, balki iste’molchilarning ham huquqlariga zarar yetkazadi.

Qalbaki mahsulotlar sifatsiz bo‘lishi, inson salomatligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bois adliya organlari tomonidan savdo nuqtalarida tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolar va tadbirkorlar intellektual mulk huquqlariga hurmat bilan yondashishga chaqirilmoqda. Zero, qonuniy mahsulot — sifat va ishonch kafolatidir.


\

05
Adliya xabari

#Adliya_mahallada

Mahallada Sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi

Muborak tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Qarliq” va "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig'inlarida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.

Tadbir davomida aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar qabul qilinib, zarur davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Bunday sayyor xizmatlar aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

05
adliya aralashgach

#Adliya_aralashgach

Yosh onaning qonuniy huquqi adliya aralashuvi bilan tiklandi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yurituvchi fuqaro homiladorlik va tug‘ruq ta’tiliga chiqqan bo‘lsa-da, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa mablag‘lari o‘z vaqtida berilmagani sababli adliya organlariga murojaat qildi.

Murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro foydasiga 26 million 100 ming so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi undirilishi ta’minlandi.

Shu tariqa, yosh onaning qonun bilan kafolatlangan huquqi tiklanib, murojaati ijobiy hal etildi.

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling

05
Adliya xabari

#tabrik

OYNING ENG YAXSHI TEXNIK XODIMI ANIQLANDI

“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra, 2026-yil may oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi:

Sabina Rizoyeva g‘olib deb  topildi - Koson tumani FHDY ish yurituvchisi

Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya  boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaydi.

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️

05
Adliya xabari

#Adliya_aralashgach

Tovar belgisi huquqlari himoya qilindi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga “UNIDAILY TRADE” MChJ tomonidan murojaat kelib tushib, jamiyatga tegishli tovar belgilariga o‘xshash belgilar qonunga xilof ravishda qo‘llanilgan mahsulotlar Qarshi shahridagi savdo do‘konida realizatsiya qilinayotgani ma’lum qilingan.

Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari aniqlanib, to‘plangan hujjatlar asosida yakka tartibdagi tadbirkor Z.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan o'tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️

04
adliya aralashgach

#Adliya_aralashgach

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 13 nafar texnikum o‘qituvchilariga 209,4 million so‘m ustama pullari undirib berildi

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasiga Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining bir guruh o‘qituvchilari tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi tomonidan o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy taʻlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-316-son qarori asosida texnikumning 13 nafar o‘qituvchilariga joriy yilning yanvar oyidan buyon lavozim maoshiga belgilangan 100 foiz miqdoridagi oylik ustama pullari to‘lanmay kelinayotganligi aniqlandi.

Natijada aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan Qashqadaryo viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi hamda 13 nafar texnikum o‘qituvchilarining jami 209 400 000 so‘m ustama pullari undirib berildi.

Adliya organlari fuqarolar va xodimlarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

03
Adliya xabari

#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning fuqarolikni rasmiylashtirishiga huquqiy asos yaratildi

????Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yashovchi fuqaro uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtira olmay kelgani sababli adliya organlariga murojaat qildi.

????O‘rganishlar davomida fuqaro mustaqillikdan keyin ham sobiq O‘zbekiston SSR pasportidan foydalanib kelgani va shu bois fuqarolik masalasini rasmiylashtirishda qator muammolarga duch kelgani aniqlandi.

????Fuqaro manfaatlarini ko‘zlab adliya bo‘limi tomonidan sudga O‘zbekiston Respublikasida 1991-yildan buyon doimiy yashab kelganlik faktini belgilash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi.

????Sud tomonidan da’vo talablari qanoatlantirilib, fuqaroning 1991-yildan buyon O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganlik fakti belgilandi.

Natijada fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirishi hamda milliy pasport olishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi.

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.