Yangiliklar
Kasbi tuman yuridik xizmat ko'rsatish markaz
Kasbi tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan ota-onasi bo'lmagan fuqaro Ermatov Ulug'bek Husan o'g'lining murojaati yuzasidan Kasbi tuman obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashishiga huquqiy yordam berildi.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida viloyat Adliya boshqarmasi, O’zbekiston "Adolat" SDP viloyat Kengashi va institut hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi qoshidagi Qashqadaryo yuridik texnikumi yoshlar ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
So‘zga chiqqanlar, asosan, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyati haqida gapirdilar.
Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog‘lik-salomatlikdir, uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, imon-e’tiqodiga xavf xatar solish bilan bir qatorda mustaqil mamlakatimiz rivojlanishi va taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu yo‘nalishda boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ta’lim muassasalarida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirib, xarid chekini mobil ilovada ro'yxatdan o'tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.
Bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo'l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to'lov, shuningdek, to'lov tizimi operatorlari orqali to'lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari mustasno;
sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni sotganlik va xizmatlar ko'rsatganlik, qalbaki markirovka qo'llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to'g'risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to'lanadi.
"Ayollar daftari" va "Temir daftar" ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 33 mln so'mgacha kredit beriladi.
➖ meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo'jaliklariga – eksport shartnomasi mavjud bo'lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug'urtalash xizmatidan foydalanganda to'langan sug'urta mukofotining 50 foizi, biroq sug'urta pulining 1 foizdan ortiq bo'lmagan qismi qoplab beriladi;
➖ meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) – xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo'jaligi vazirligining tuman bo'limlari orqali kompensatsiya qilinadi.
"Mikrokreditbank" ATB va AT Xalq banki tomonidan nodavlat ta'lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan kichik tadbirkorlarga 225 million so'mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi (https://lex.uz/uz/docs/-5045889).
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmalari “Yurt tarovati” gazetasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi mas’ul xodimlari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Ayol yuksalsa-yuksalar zamon” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 23 fevral kuni viloyat televideniyesi hamda Qamashi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markaz xodimlari bilan hamkorlikda “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali xotin-qizlar huquqlariga oid qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali aholiga tushuntirildi.
Yoshlarga ayrim yordam turlari (13 ta) mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida beriladi (https://lex.uz/docs/-5831865).