Янгиликлар
Aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 17 mart kuni Kasbi tuman adliya bo‘limi hamda tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Yuksalish” MFYdagi “Xo‘jaxayron”, “Yangi hayot” qishloq fuqarolari o‘rtasida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda fuqarolarga O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin – qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O’RQ–562-son Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

