Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlari rekonstruksiya qilinadi


Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish» hamda “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Kitob tumanida aholi va tadbirkorlik subyektlarining oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni kengaytirish belgilangan.

Shuningdek, Shahrisabz va Kitob loyihasining umumiy qiymati 91,0 million yevroni tashkil etishi belgilangan.