Янгиликлар
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Joriy yilning 17 mart kuni viloyat adliya boshqarmasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi mas’ul xodimlari Q.Xujjatov va B.Qodirovlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat markazlari, FHDYo va notarius xodimlari, huquqni muhofaza etuvchi organlar, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda so‘z olganlar “Adolat” milliy-huquqiy axborot markazining ish faoliyati, maqsadlari va yo‘nalishlari, shuningdek, Lex.uz saytining yangi qiyofasi va foydalanish tartibi, yangiliklari, normativ-huquqiy hujjatlar bazasidagi mavjud imkoniyatlar haqida slayd orqali tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, xodimlar tomonidan Lex.uz milliy bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar berildi.



