Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Ko'p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga ustama to'lanadi


#Bilasizmi

Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

(https://lex.uz/docs/-941878) uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Oilaviy shifokor punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga – tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.