Янгиликлар
18
Olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlariga ishga kirgan shifokorlarga pul mablag'lari beriladi
Boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (540 ming so‘m) miqdorida har oylik ijara to‘lovlari kompensatsiya (https://lex.uz/docs/-5100677) qilinadi.