Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

31
Oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

Muborak tumani hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yilning 14-oktabr kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori ijrolari yuzasidan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

31
Adliya hudud

Qarshi tuman adliya bo’limi tomonidan joriy yilning 31-oktyabr kuni tumandagi 10-maktabda “Voyaga yetmagan bolalarning O’zbekistondan tashqariga  chiqish huquqi qanday ta’minlanadi”  mavzusdagi targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

28
Adliya aralashuvi bilan 1 036 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bilan band bo‘lganlarga parvarishlash nafaqalari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga tibbiyot birlashmalari, Tibbiy ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari, MFY va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarga chiqib, sayyor tarzda, uyma-uy yurgan holda Farmonda nazarda tutilgan shaxslarni qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda amaliy yordam berish topshirig‘i berilgan.

28
Adliya xabari

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmsida O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi o'rtasida joriy yilning 24-oktabr kuni hamkorlik to'g'risidagi imzolangan Memorandum va u bilan bog'liq qonun hujjatlarni ijrosi bo'yicha tadbir tashkil etildi.

28
“Street law” loyihasi doirasida tadbir

Bugun boshqarmaning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi ma’sul xodimlari va valontyorlar guruxi tomonidan Yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Street law” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

27
Namunaviy sud protsessi

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha o'quvchilar o'rtasida namunaviy sud protsessi" tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

27
Давлат фуқаролик хизматчилари ўртасида одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этилишига бағишланган семинар бўлиб ўтди

Бугун, 27 октябрь куни Нишон тумани ҳокимлиги мажлислар залида Нишон тумани Адлия бўлими бошлиғи Мансур Абраев ва туман ҳокимининг биринчи ўринбосари Эркин Бобоқулов бошчилигида ўқув семинари бўлиб ўтди.

27
Qashqadaryo viloyatida DXMlar orqali 700 mingdan ortiq xizmatlar ko'rsatilgan

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami 702.426 ta davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lib, 2021 yil 9 oyi davomida 496.610 ta xizmatlar ko'rsatilgan.Natijada xizmatlar soni 205.816 taga ko'paygan.

26
Shahrisabz tuman Adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqot tarzidagi umumiy yig`ilish.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari X.Nasimov, D.Xudoyqulov, S.Turapov va Unicon Soft MCHJ xodimi E.Ruzimurodovlar ishtirokida Shahrisabz tuman yuridik xizmat ko`rsatish markaziga biriktirilgan davlat tashkilotlari faoliyatlarida uchrayotgan tizimli xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Shahrisabz tuman hokimligi majlislar zalida ochiq muloqot tarzidagi umumiy yig`ilish bo`lib o`tdi.