Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

SARHISOB


Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasining ZOOM platformasi orqali  viloyat prokuraturasi, adliya boshqarmasi,  IIB, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat “Oqila ayollar” harakati mas’ullari ishtirokida 2022-yil yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Unda tuman (shahar)lar studiyasidan tuman (shahar) hokimining o‘rinbosarlari - oila va xotin-qizlar bo‘lim boshliqlari va barcha xodimlari, tuman (shahar) IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ijtimoiy profilaktika katta inspektorlari, tuman (shahar) FHDY bo‘lim mudiralari, barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va mahalla xotin-qizlar faollari, tuman (shahar) “Oqila ayollar” harakati vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarning oldini olish, ijro intizomi tanqidiy-tahlil qilindi.

Viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi  V.Boboyeva ham yig'ilishda ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar  yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.